Janubiy Koreyaga kirish tartibi qat’iylashtirildi

Janubiy Koreyaga kirish tartibi qat’iylashtirildi

Janubiy Koreya hukumati bugundan boshlab Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Bangladesh va Pokiston fuqarolari uchun mamlakatga kirish tartibi kuchaytirilganini e’lon qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi manbasiga asoslanib.

Endilikda ushbu davlatlardan kelayotgan fuqarolar koronavirus testidan o‘tishi va infeksiya mavjud emasligini tasdiqlovchi rasmiy xulosaga ega bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, tibbiy ma’lumotnoma Janubiy Koreyaga jo‘nashdan 48 soat avval, faqat Koreya Respublikasi diplomatik vakolatxonalari tomonidan tan olingan muassasalardan olingan bo‘lishi kerak.

Shu bilan birga, xorijdan kelgan barcha fuqarolar uch kun davomida COVID-19 uchun takroriy test topshirishi va natijalaridan qat’i nazar 14 kun davomida karantinda bo‘lishi zarur.

Xabarda ta’kidlanishicha, Janubiy Koreyaga kirish tartibi qat’iylashtiriladigan ro‘yxatga qo‘shilish ehtimoli mavjud yana 11 mamlakatdagi vaziyat kuzatib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!