Janubiy Koreyaga 23 nafar fuqaro ishlash uchun jo‘nab ketdi

Janubiy Koreyaga 23 nafar fuqaro ishlash uchun jo‘nab ketdi

Koreya Respublikasida ishlash vaqtida mehnat ta’tili olib O‘zbekistonga kelgan fuqarolar pandemiya sababli ish joyiga qaytolmayotgan edi.

Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi va Inson resurslarini rivojlantirish xizmati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida ushbu fuqarolardan yana 23 nafariga ushbu davlatga uchib ketishi uchun ko‘maklashdi.

Ta’kidlash lozim, pandemiya davrida Koreya Respublikasiga kirib borish uchun karantin joyi tasdiqlangan va ruxsat berilgan fuqarolargina ushbu davlatdagi ish joyiga qaytib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, 10 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi M.Xayriddinov, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E.Muhitdinov, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi boshlig‘i M.Mamatxonov va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Kang Je Kvon o‘rtasida uchrashuv tashkil etilib, unda mehnat migrasiyasi masalasi muhokama qilingan edi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!