Janubiy Koreyada bir sutkada 58 kishi koronavirusga chalindi

Janubiy Koreyada bir sutkada 58 kishi koronavirusga chalindi

Janubiy Koreyada esa sutka davomida 58 kishi koronavirusga chalingani qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 11 402 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti».

Bundan bir kun avval kasallanishlar soni ortib, 79 kishida koronavirus aniqlangandi. Epidemiya boshlanganidan buyon kunlik kasallanishlar soni 80-90 tadan 10-20 tagacha kamaygan, 6 may kuni esa bu ko‘rsatkich 2 kishigacha tushgandi.

Seulning odam gavjum bo‘lgan Itxevon hududidagi klub va barlarda kasallik yuqtirganlar soni kamida 266 nafarni tashkil qilmoqda.

Koronavirusga chalinishning oldini olish bo‘yicha choralarga yetarlicha amal qilmagan Puchon shahridagi Coupang kompaniyasi omborxonasida esa kamida 97 kishi virusni yuqtirib olgan. Ayni paytda omborxonaning xodimlari va unga tashrif buyurgan jami 4159 kishi karantinga olingan. Ularning o‘qiydigan yoki ta’lim muassasalarida ishlaydigan qarindoshlariga ishga yoki o‘qishga borish taqiqlangan. Agar borishgan bo‘lsa, butun muassasa karantinga yopiladi.

Mamlakatda so‘nggi sutkada 23 kishi koronavirusdan sog‘ayib, tuzalganlarning umumiy soni 10 363 kishiga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 90,9 foizni tashkil qilmoqda. Virus qurbonlari soni 269 kishini tashkil qilmoqda.

Janubiy Koreyada koronavirusni aniqlash bo‘yicha 850 tadan ortiq test o‘tkazilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!