Janubiy Koreya Shimolni psixologik urush olib borishda aybladi

Janubiy Koreya Shimolni psixologik urush olib borishda aybladi

Shimoliy Koreya vakillari chegaradagi qurolsizlashtirgan hududning kamida 40 ta joyida o‘nlab ovoz kuchaytirgichlar o‘rnatishgan. Shundan keyin Seul ham shunday ovoz kuchaytirgichlarni o‘rnatish haqida o‘ylay boshlagan.

Ovoz kuchaytirgichlar 2018 yilda Koreyaaro sammit o‘tkazilgach va uning davomida tuzilgan tinchlik kelishuvlaridan keyin olib tashlangandi.

“Biz Shimolning psixologik urush olib borish bo‘yicha harakatlari ortidan sinchkovlik bilan kuzatmoqdamiz. Biz har qanday vaziyatga tegishlicha javob berish bo‘yicha qat’iy pozisiyamizni saqlab qolamiz”, deb aytgan Janubiy Koreya shtablari boshliqlari birlashgan qo‘mitasi vakili.

Janub va Shimol o‘zaro qarama-qarshiliksiz kechgan ikki yildan keyin yana ziddiyatga bormoqda va u tobora kuchayib bormoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!