Janubiy Koreya parlamenti koronavirus tufayli yopildi

Janubiy Koreya parlamenti koronavirus tufayli yopildi

26 avgust chorshanba kuni Janubiy Koreya parlamentidagi rasmiy yig‘ilishda qatnashgan fotojurnalistda koronavirus aniqlandi. Shuning uchun Milliy Assembleya 27 avgust kuni yopildi va bir qancha deputatlar test topshirib, karantinga olindi.

Janubiy Koreyada koronavirus sababli parlamentning yopilishi birinchi marta sodir bo‘layotgani yo‘q. Parlamentda fevral oyida o‘tkazilgan tadbirda qatnashganlardan birida COVID-19 aniqlanganidan keyin ham bu yer vaqtincha yopilgandi.

Janubiy Koreya dastlab dunyo miqyosida Xitoydan tashqaridagi COVID-19 eng ko‘p tarqalgan mamlakat bo‘lgan edi. O‘shanda koreyslar virus zanjirini aniqlash va katta hajmdagi tekshiruvlar natijasida mazkur pandemiyani nazorat ostiga olishga muvaffaq bo‘lishgan.

O‘tgan olti oyda kunlik yangi kasallanish hollari 30 yo 40 ta atrofida bo‘layotgandi. Lekin bugungi kunga kelib mamlakatda virus yana avj olmoqda.

27 avgust kuni Janubiy Koreyada 441 kishining koronavirusga chalingani aniqlandi. Bu bilan mamlakatdagi bemorlarning umumiy soni 18 706 kishiga yetdi. Yangi kasallanish holatlarining katta qismi poytaxt Seul shahrida qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!