Janubiy Koreya hasharotlar hujumidan aziyat chekmoqda

Janubiy Koreya hasharotlar hujumidan aziyat chekmoqda

Janubiy Koreya hukumati to‘shaklarda mayda hasharotlarning keskin ko‘payishi sababini aniqlashga harakat qilmoqda.

Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Li Sang Minning so‘zlariga ko‘ra, kanalarni Yevropadan sayohatchilar olib kelgan bo‘lishi mumkin. Avvalroq Parijda hasharotlar bosqini kuzatilgan edi.

Vazirning aytishicha, biznes uchun ma’lum yo‘qotishlarga qaramay, hasharotlar topilgan joylarni yashirishga hojat yo‘q, chunki bu masalani keyinroq hal qilish yanada katta muammo bo‘ladi.

Mamlakatda bunday hasharotlarga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rsatmalar mavjud, ammo ular uzoq vaqt davomida qo‘llanilmagan. Shuning uchun, chora-tadbirlar to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun vaqt talab etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!