Jahongir Ortiqxo‘jayev “Tashkent Sity”ga kirish nega pullik qilinganini aytdi (VIDEO)

Jahongir Ortiqxo‘jayev “Tashkent Sity”ga kirish nega pullik qilinganini aytdi (VIDEO)

Aholining "Tashkent City" majmuasiga kirishi pullik bo‘ldi. Ya’ni, kattalar uchun chipta narxi — 10 ming so‘m, bolalar uchun — 5 ming so‘m, yengil avtomobilda kirish — 20 ming so‘m etib belgilandi.

Poytaxtdagi eng muhtasham bog‘, deya tariflanayotgan hududni tomosha qilish uchun belgilangan bu me’yorlar ijtimoiy tarmoqlarda keskin norozilik uyg‘otmoqda. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Rost24.uz muxbiriga ushbu holat yuzasidan munosabat bildirdi.  

– “Tashkent Sity”ga kirishni pullik qilishga hokim sifatida qanday qaraysiz?

– Parklarni saqlab turishning boshqacha chorasi yo‘q. Misol uchun, shuncha daraxtlar ekilgan, shuncha energiya ketadi, boshqachasiga bilmayman, qanday bo‘ladi.

– “Tashkent Sity”ning qurilishga xarajat ham ko‘p ketganmi?

– Ancha xarajat ketgan. Buni saqlab turishning o‘zi qiyin masala.

– Bularni saqlab turish uchun bir oyda qancha xarajat ketadi?

– 900 million so‘m ketadi. Bir kunda har bitta fontanni otilishiga 1 million ketadi.

– Buning uchun byudjetdan pul ajratilmaydimi?

– Byudjetdan pul ajratilmaydi. Chunki soliq to‘lovchilar kirsa-kirmasa pul to‘lamaydi-ku, to‘g‘rimi? Kirgani to‘lasa, shunda adolatli bo‘lsa kerak. Ya’ni byudjet soliq to‘lovchilarning hisobiga shakllanadi. Odamlarda haqli ravishda savol tug‘iladi: “Umuman “Tashkent Sity”ga kirmasam nima uchun men to‘layotgan soliqdan pul to‘layapsilar”, deyishi mumkin. Shuning uchun o‘zini-o‘zini boqqani aktual, menimcha.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!