Jadidlar haqida ilk yirik roman nashrdan chiqdi

Jadidlar haqida ilk yirik roman nashrdan chiqdi

Jadidlar hayoti va ijodi haqida o‘zbek adabiyotida yozilgan yirik badiiy asar – “Cho‘lpon” romani taniqli yozuvchi Nabi Jaloliddin qalamiga mansub bo‘lib, u “Yangi asr avlodi” nashriyoti tomonidan qayta nashrdan chiqdi. Ushbu asar Cho‘lponga bag‘ishlangan bo‘lishiga qaramay, unda barcha jadidlar haqida so‘z boradi.

Ikki kitobdan iborat romanda jadidlardan tashqari ozodlik yo‘lida jonini tikkan Madaminbek qo‘rboshi kabi fidoyilar, mardikoroldi siyosatining mudhish manzaralari, Qo‘qon muxtoriyatidagi fitnalar va uning qulashi, rus bosqini kabi voqealar batafsil yozilgan.

Millatning eng zabardast shoiri, yozuvchisi va jadidi Cho‘lpon hayotidagi evrilishlar, bolaligi va ijodi haqida batafsil hikoya qilinadi. Cho‘lponni sotganlar ochiq-oydin ko‘rsatib beriladi.

Cho‘lponning qamalishi, qatl etilishi bilan bog‘liq yangi faktlar, o‘zgacha yondashuvlar romanni yanada boyitgan. Eng muhimi, bari tarixiy faktlarga asoslangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!