Italiyada maymun chechak infeksiyasining yuqtirganlar 70 nafardan oshgan

Italiyada maymun chechak infeksiyasining yuqtirganlar 70 nafardan oshgan

Italiyada hozirgacha 71 kishida maymun chechak infeksiyasi aniqlangan. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining kasalliklar profilaktikasi departamenti rahbari Jovanni Rezza ma’lum qildi.

"Aslida, ular ko‘p emas, lekin tarqalish oshmasligini ta’minlash muhim va buning uchun oddiy tavsiyalarga amal qilish kerak", deydi Rezza. Shuningdek, u kasallikning belgilari ikki-uch hafta ichida paydo bo‘lishi va o‘choqlari geografik jihatdan cheklanganligiga e’tibor qaratdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, simptomlar toshma va ba’zi hollarda isitma, mushaklarning og‘rig‘i va charchoqdir.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) maymun chechak virusi tarqalishining global xavfini baholash uchun favqulodda qo‘mitani chaqirishi ma’lum bo‘lgan edi. Ushbu yig‘ilish 23 iyunga belgilangan. Tashkilot bosh direktori Tedros Gebreyesus avvalgi avj olishlarga nisbatan infeksiyaning hozirgi versiyasi o‘zini g‘ayrioddiy tutishini, shuning uchun virusologlar bunga alohida e’tibor qaratishlari kerakligini qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!