ISW: Putinning sulh bayonotlari — axborot operasiyasi

ISW: Putinning sulh bayonotlari — axborot operasiyasi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning rus qo‘shinlari Kristmas bayramini nishonlash munosabati bilan o‘t ochishni to‘xtatishi haqidagi bayonoti katta ehtimol bilan Ukraina obro‘siga putur yetkazish maqsadida qilingan axborot operasiyasidir, deb yozadi Urushni o‘rganish instituti (ISW) ekspertlari.

Putinning o‘zi ham Ukrainaning to‘satdan tuzilgan sulh shartlarini bajarishini kutishi dargumon va aynan mana shu rad etish holatini muzokaralar uchun zarur choralarni ko‘rishni istamaydigan va chidab bo‘lmas deb talqin qilishi mumkin. Bu axborot taktikasini Rossiya o‘tmishda ham qo‘llagan.

Hujumning tugatilishini tashkil etish va amalga oshirish uchun vaqt talab etadi. 14 dekabr kuni Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya pravoslavlarning Kristmas bayramida o‘t ochishni to‘xtatish niyatida emasligini aytgan edi va shundan so‘ng Putinning bayonoti yanada kutilmagan holga keldi.

"Kristmas sanasi asrlar davomida ma’lum. Agar Putin diniy bayramda o‘t ochishni to‘xtatishga jiddiy munosabatda bo‘lganida, tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarlicha vaqti bo‘lardi", deb yozadi ISW.

O‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi e’lon kuchga kirishiga 24 soatdan kamroq vaqt qolganida e’lon qilinishi, Putin Ukraina kuchlarini tinchlik yo‘lida ishlashni istamaydigan va har qanday holatda ham kurashishga tayyor deb ko‘rsatish niyatida qilinganini ko‘rsatadi.

Bu axborot operasiyasi, shuningdek, Kremlning Ukraina pravoslav nasroniylar va rusiyzabonlarni ta’qib qilmoqda, degan ritorikasini qo‘llab-quvvatlashi mumkin, bu rivoyatni Putin bir necha bor Ukrainaga noqonuniy bostirib kirishini oqlash sifatida ilgari surgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!