"Istanbullik kelin" bosh qahramoni Sureyya real hayotda yetimmi?

"Istanbullik kelin" bosh qahramoni Sureyya real hayotda yetimmi?

O3 Tyrkey Media kinokompaniyasi tomonidan ishlangan Istanbullik kelin serialida bosh rollarni O‘zjan Deniz, Asli Enver, Ipek Bilgin, Salix Bademji, Dilara Aksuyek, Firat Tanish va boshqalar ijro etishgan. Zeynep Gyunay Tan va Deniz Kolosh rejissyorligida suratga olingan serialda ota-onasida erta yetim qolgan qiz Sureyya va ko‘p yillik sulola vakili Faruk o‘rtasida vujudga keladigan muhabbat haqida hikoya qiladi.

Bugun bosh rol o‘yinchisi Asli Enver (Sureyya) haqida biroz ma’lumot beramiz.

1984 yil 10 mayda Londonda tavallud topgan turk aktrisasi Asli Enver 12 yoshida ota-onasi bilan Turkiyaga qaytadi. Hayotidagi o‘zgarishlar sabab sarosimaga tushib qolgan qizini onasi Mujdat Gezen san’at markaziga yo‘naltiradi. Asli Enver san’atga shunday qadam qo‘yadi. Keyinchalik Pera go‘zal san’atlar liseyi va Xalich Universitetining teatr bo‘limini tamomlaydi.

Ilk bor 2002 yilda qisqa metrajli Oyna filmida suratga tushadi. Seriallarda suratga tushishni 2003 yilda Hayat Bilgisi nomli serialda ikkinchi darajali roldan boshlaydi. Ilk bosh rolni 2007 yilda Kavak Yelleri serialida qo‘lga kiritadi. Uning eng omadli roli Istanbullik kelin serialidagi Sureyya rolidir. Aktrisalikdan tashqari Asli qo‘shiq ham kuylaydi. Istanbullik kelin serialida ham bir qator qo‘shiqlarni aktrisaning o‘zi kuylagan.

Shaxsiy hayotiga to‘xtaladigan bo‘lsak, aktrisa 2012 yilda aktyor Birkan Sokullu bilan turmush quradi. Lekin oradan uch yil o‘tib juftlik ajrashadi.

Asli 2016 yilda Murat Bo‘z ismli xonanda va aktyor bilan uchrashishni boshlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!