Isroil Madrimovdan g‘alaba: dahshatli nokaut va dahshatli salto (video)

Isroil Madrimovdan g‘alaba: dahshatli nokaut va dahshatli salto (video)

10 mart, yakshanba tongida professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Isroil Madrimov (1 ta g‘alaba, 1 nokaut) AQShning Nyu-York shahrida o‘zining ikkinchi jangini o‘tkazgani va raqibi venesuelalik Frenk Roxas(24 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat)ni 2-raunddayoq nokautga uchratgani haqida xabar berilgandi.

Quyida ushbu nokaut aks etgan holatni tomosha qilishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 10 raundga mo‘ljallangan jang atigi 2-raundga cho‘zildi, xolos. Qayd etish joiz, Roxas nokautdan keyin ma’lum vaqt o‘ziga kela olmasligi natijasida uni tez tibbiy yordam xodimlari maxsus zambilga solgan holda olib chiqib ketdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!