Islom Karimovning eng sevimli personaji kim edi?

Islom Karimovning eng sevimli personaji kim edi?

“Islom Karimovning bolaligi urush va urushdan keyingi og‘ir damlarga to‘g‘ri keldi. Kichiklikdayoq peshona teri bilan non topish nima ekanini bildilar.

Urushdan keyin barcha mashaqqatli hayot kechirgani ma’lum. Ularning ham oilalari ehtiyojmand edi. Samarqandning eski shahar qismida yashagan oddiy oila. Islom Karimov maktabga chiqqan kezlari rus tilini bilmas edilar, ammo bukilmas iroda, qat’iyat va sobitqadamlik bois rus maktabini oltin medalga bitirdilar. U kishi yozgan insholar namuna o‘laroq butun sinfga o‘qib berilgan ekan. Keyinroq sinfdoshlari tan olishicha, Islom Karimovning insholaridan oliy o‘quv yurtiga kirish imtihonida “shpargalka” sifatida foydalanishgan. Shu tariqa oddiy oilada voyaga yetgan yigit maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, taqdiriga peshvoz chiqmoq uchun safarga otlandi. O‘sha kezlar oltin medal va olam-olam orzular u kishining bor-yo‘q bisoti edi. Taqdir hukmi bilan kindik qoni to‘kilgan ona zaminga mustaqil O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti bo‘lib manguga qaytdilar.
Sinfdoshlaridan biri Islom Abdug‘aniyevichning shaxsiy maslagini yorqin namoyon etuvchi, maktab yillariga doir bir voqeani xotirlagan edi. Yozgi meva yig‘im-terimi payti yoshi ulug‘ bir kishi bolalardan kelajakda kim bo‘lishlari haqida so‘raydi. Ko‘pchilik uchuvchi, tokar kabi kasblarni egallash istagini bildiradi. Islom Karimovning javobi esa bolalarni ham, kattalarni ham hayron qoldiradi: “Men Amir Temurga o‘xshasam deyman!”
Maktab yillaridanoq Maksim Gorkiy hikoyasi personaji – o‘z jonidan kechgan, yuragini mash’al kabi yoqib xalqni qutqarib qolgan Danko eng sevimli adabiy qahramonlari bo‘lgan. Uning “Otash kabi yonib, o‘zgalar yo‘lini yorit!” degan shiori yosh Islom Karimovning yuragida muhrlanib qolgan. Bu keyinroq Prezidentning hayotiy maslagiga aylandi.”

(Tatyana Karimovaning xotiralaridan)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!