Shvesiyaning Karolina instituti tadqiqotchilari boshchilik qilayotgan xalqaro olimlar guruhi inson hujayrasi ichidagi yangi tuzilmani kashf etishdi. Bu tuzilma yangi tipdagi oqsil majmuasi bo‘lib, u hujayraning atrofidagi muhit bilan bog‘lanishini ta’minlaydi hamda hujayra bo‘linishida muhim o‘rin tutadi. Bu haqida xalqaro "Nature Cell Biology" ilmiy jurnaliga tayanib Turon24 xabar bermoqda.
To‘qima tarkibidagi hujayralar to‘rsimon ko‘rinishda tuzilmalar bilan o‘ralgan bo‘lib, hujayralararo matrisa deb ataladi. Hujayralar o‘zi atrofidagi matrisaga ulanishi uchun ularning qobig‘ida maxsus reseptor molekulalari bo‘ladi. Ushbu reseptorlar hujayra ichidagi yirik oqsil majmuasi tomonidan nazorat qilinadi. Adgeziya kompleksi deb atalauvchi ushbu tuzilma hujayra ichki qismini tashqi muhit bilan bog‘lashga xizmat qiladi. U tufayli hujayra tashqi muhit haqida ma’lumot oladi va shunga mos ravishda moslashish belgilarini namoyon qiladi.
Yangi kashf etilgan adgeziya kompleksi "retikulyar adgeziya" deb nomlanib, u avvalgilaridan o‘zining o‘ziga xos molekulyar tarkibi bilan farq qiladi.
Tadqiqot mualliflarining qayd etishlaricha, yangi kashf etilgan retikulyar adgeziya hozirgacha jumboq bo‘lib kelayotgan ayrim savollarga javob beradi. Shu vaqtgacha hujayra bo‘linish vaqtida atrofidagi matrisaga qanday bog‘lanib turishi mavhum holat edi, sababi ilgari ma’lum bo‘lgan adgeziya komplekslari mitoz vaqtida parchalanib ketardi. Lekin yangi kashf etilgan kompleks mitoz davrida o‘z yaxlitligini saqlab tura oladi.
"Biz yangi adgeziya kompleksini hujayra bo‘linish vaqtida parchalanmasdan qolishi va uni matrisaga biriktirib turishini tajribada ko‘rsatib bera oldik", deydi tadqiqot rahbari, Karolina instituti professori Stefan Stromblad.
Tadqiqotchilar bundan tashqari, retikulyar adgeziyaning hujayra bo‘linganidan so‘ng yosh qiz hujayralarni o‘z joyiga joylashuvini ham nazorat qilishini aniqladilar. Tadqiqotlar asosan konfokal mikroskopiya va mass spektrometriya usullarni qo‘llagan holda inson hujayrasining bir necha liniyasida amalga oshirilgan.
Olimlar navbatdagi tadqiqotlarda yangi adgeziya kompleksini tirik organizmlarda kuzatish, o‘rganish lozimligini ta’kidlashmoqda.
Tadqiqot mualliflarining qayd etishicha, ushbu oqsil majmuasi sohadagi ko‘pgina muammoli holatlarga javob bo‘la oladi. Shu bilan birga, ular retikulyar adgeziya kompleksi hujayra bo‘linishidan tashqari boshqa jarayonlarda ham ishtirok etishi mumkinligini istisno etishmayapti. Bu esa retikulyar adgeziya ustida yangi tadqiqotlar o‘tkazishni taqozo etadi.
Manba: zamin. uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Бугун жиноят ишлари бўйича Миробод туман суди томонидан А. Воитов (Қишлоқ хўжалиги вазири лавозимида ишлаган) ва бошқаларга (жами 62 киши) оид жиноят ишини биринчи инстанцияда кўриб чиқиш бўйича суд жараёни тугаб, суд ҳукми эълон қилинди.
Маълум бўлишича, 2025 йил август ойида "Chevrolet Tahoe 2025 High Country" модели тақдим этилган; у 1,46 миллиард сўмдан бошланадиган нархда 11 сентябрдан сотувга чиқади.
Март ойи ўрталарида Исроил ва ҲАМАС ўртасида ўт очишни тўхтатиш келишуви барбод бўлганидан бери Ғазо секторида бир миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди.
Қоҳирадаги Миср миллий музейининг реставрация бўлимида фиръавн Аменемопетга тегишли бўлган билагузук йўқолди. Бу ҳақда Миср қадимий ёдгорликлар вазирлигига асосланиб CBS News хабар берди.
Терговга қадар текширув давомида, ушбу ноқонуний ишга алоқадор бўлган учинчи шахснинг яшаш хонадонидан эса 110 гр. “опий” моддаси, 2 та электрон тарози, 1200 АҚШ доллари ҳамда 28 млн. сўм процессуал тартибда расмийлаштириб олинди.
Ҳозирда унга нисбатан Жиноят кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ҳамда 28, 211-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилди. Суд томонидан “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланди
Бу ҳақда АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Fox News телеканалига берган интервьюсида маълум қилди. У шунингдек, Исроилнинг Қатарга ҳаво ҳужуми ва Ғарбий соҳилни аннексия қилиш режалари ҳақида ҳам тўхталиб ўтди.