Illinoysdagi kimyo zavodi avval yondi, so‘ng portladi (VIDEO)

Illinoysdagi kimyo zavodi avval yondi, so‘ng portladi (VIDEO)

Illinoys shimolidagi moylash materiallarini ishlab chiqaradigan kimyo zavodida 14 iyun kuni yong‘in va kuchli portlash yuz berdi. Hukumat yaqin atrofdagi 1000 ga yaqin odamni evakuasiya qildi, deb xabar qildi Associated Press.

Yong‘in joyiga taxminan soat 07:00 da (Toshkent vaqti bilan soat 17:00 atrofida) 40 ga yaqin o‘t o‘chiruvchi brigada yetib keldi. Yong‘in paytida korxonada 50 ga yaqin odam bo‘lgan, ularning barchasi yonayotgan korxonadan chiqarilgan.

O‘t o‘chiruvchilar olovni o‘chirayotganida kuchli portlash yuz berdi. Shundan so‘ng, qutqaruvchilar, shuningdek, zavodga qo‘shni hududdan aholini evakuasiya qilishdi.



Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘t o‘chiruvchi yengil jarohat olgan, boshqa jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Atrof-muhitga yetkazilgan zarar haqida hali xabar berilmagan. Yong‘in sabablarini aniqlash uchun voqea joyiga tezkor-tergov guruhi yetib keldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!