Ikkita niqob taqish koronavirusdan himoyalanish darajasini oshiradi — CDC

Ikkita niqob taqish koronavirusdan himoyalanish darajasini oshiradi  — CDC

AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, mahkam jipslangan niqob yoki ikkita niqob taqish koronavirusdan himoyalanish darajasini sezilarli darajada oshiradi (https://www.nytimes.com/live/2021/02/10/world/covid-19-coronavirus).

CDC tadqiqotiga ko‘ra, qo‘shma niqob yo‘tal oqibatida ajralib chiqadigan zarrachalarning 92,5 foizini ushlab qola olishi aniqlandi. Bitta tibbiy niqobning o‘zi esa zarrachalarning taxminan 42 foizini to‘sib qola olgan.

Mutaxassislar, shuningdek, burun sohasida simi mavjud bo‘lgan niqoblarni tanlashni, shuningdek, niqob yuzga mahkam o‘rnashib turishi va bo‘shliqlarni kamaytirishi maqsadida quloqqa taqish uchun ilmoqlarni bog‘lashni tavsiya etishmoqda.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!