Hindistonda TikTok abadiy bloklandi

Hindistonda TikTok abadiy bloklandi

Hindiston mamlakatda 59ta Xitoy dasturidan, shu jumladan TikTok ijtimoiy tarmog‘idan foydalanishga rasmiy doimiy taqiq joriy qildi. Bu haqda NDTV o‘z manbasiga asosan xabar qildi.

Qarorni Hindiston elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi qabul qildi. Bungacha, o‘tgan yilning iyun oyida Hindiston hukumati xitoylik dizayndagi 59 ta dasturdan foydalanishni taqiqlab, ularni mamlakat suvereniteti, yaxlitligi va milliy xavfsizligiga "ziyon yetkazadigan" deb atadi.

Doimiy ravishda taqiqlangan platformalar ro‘yxatiga Alibaba kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan WeChat, UC Browser va TikTok kiritildi.

Xitoy dasturlarini taqiqlash to‘g‘risidagi qaror Ladaxning tog‘li chegara hududida ikki mamlakat o‘rtasidagi keskinlashuv fonida qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, o‘z prezidentligi davrida Donald Tramp “TikTok va WeChat ilovalari tahdidi”ga qarshi kurash to‘g‘risida farmonni imzolagandi. Hujjatda TikTok va WeChat AQSh milliy xavfsizligi, iqtisodiyoti va siyosatiga tahdid sifatida ko‘rsatilgan. Ta’kidlanishicha, bu ilovalar foydalanuvchi, shu jumladan u joylashgan joyi va qidirgan narsalar haqidagi ma’lumotlarni yig‘adi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!