Hindistonda chaqmoq 23 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Hindistonda chaqmoq 23 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Hindistonning Bixar shtatida yashin urishi oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi, yana 10 kishi jarohat oldi.

O‘lganlar orasida shtat poytaxti yaqinida joylashgan Gopalganj tumanidagi fermada ishlagan odamlar ham bo‘lgan. Yaralanganlar hozir kasalxonada, deya xabar beradi “Associated Press”.

Nashrning eslatishicha, o‘tgan yilning iyul oyida Bixar shahrida yashin urishi natijasida 39 kishi halok bo‘lgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!