Harbiylar topilgan «qor odam» izlarining sirini ochdi

Harbiylar topilgan «qor odam» izlarining sirini ochdi

Himolayda Hindiston harbiy kuchlari tomonidan topilgan yeti ning izlari (afsonaviy qor odam) aslida yovvoyi ayiqqa tegishli bo‘lishi mumkin. Bu haqda Nepal qurolli kuchlari vakilining ma’lumotiga tayanib, Gazeta.ru xabar qiladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy aholi ushbu hududda yovvoyi ayiqlarning izlariga to‘qnash kelish mumkinligini ta’kidlagan.

Avvalroq, Hindistonning alpinistlar ekspedisiya guruhi yeti ning izlarini topishga muvaffaq bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, Makalu tayanch lageridan uncha uzoq bo‘lmagan joyda taxminan 81 smga 38 sm o‘lchamdagi oyoq izlari topilgan.

Daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!