Gurbanguli Berdimuhamedov ta’tilni qanday o‘tkazmoqda? (video)

Gurbanguli Berdimuhamedov ta’tilni qanday o‘tkazmoqda? (video)

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ta’tilni maroqli va faol tarzda o‘tkazmoqda. Mamlakat rahbarining dam olayotgani tasvirlangan syujet bilan turkman televideniyesi bo‘lishdi, deb xabar beradi Tengrinews.

Syujetda mamlakat rahbari erta tongda turib, velosipedda sayr qilayotgani, otxonasida axaltaka zotidagi otlarni minayotgani hamda Ashxoboddagi Olimpiada shaharchasida kuchishlatar tuzilamalarining rahbarlari bilan jismoniy mashg‘ulot bilan shug‘ullangani tasvirlangan.

Bundan tashqari mamlakat rahbari turli musiqiy anjomlarda yangi ijod mahsulini yaratish ustida ish olib bormoqda. Shuningdek, u turkman alabaylari haqidagi kitobini yakunlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!