Gurbanguli Berdimuhamedov 1 apreldan ta’tilga chiqmoqchi

Gurbanguli Berdimuhamedov 1 apreldan ta’tilga chiqmoqchi

Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmanistonning yangi prezidenti Serdar Berdimuhamedovdan ta’til so‘radi, deb yozadi «Xronika Turkmanistona».

25 mart kuni prezident Serdar Berdimuhamedov Vazirlar Mahkamasining birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi va unda bosh vazir o‘rinbosarlarini qayta tayinladi.

Uchrashuvda sobiq prezident, Xalq maslahati milliy kengashi (parlament yuqori palatasi) raisi Gurbanguli Berdimuhamedov ham ishtirok etdi. Uchrashuvdan so‘ng Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston prezidentiga shaxsiy iltimosi bilan murojaat qilgan.

«Ma’lumki, men 40 yildan beri rahbarlik lavozimida ishlab, 25 yildan beri siyosat bilan shug‘ullanib kelaman. Bu vaqt ichida ishlar ko‘p bo‘lgani uchun to‘liq dam ololmadim», — dedi sobiq prezident va 1 apreldan ta’til berilishini so‘radi.

Berdimuhamedov ta’til vaqtida yangi kitoblar ustida ishlashini, shuningdek, joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya parlamentlararo forumi, Markaziy Osiyo va Rossiya ayollari muloqoti va boshqa xalqaro tadbirlarga munosib tayyorgarlik ko‘rishini ta’kidladi.

U ta’til davrida vaqtinchalik xizmat vazifalarini bajarishni o‘rinbosari Qosimguli Babayevga topshirishni so‘radi.

Serdar Berdimuhamedov iltimosni qondirdi. Ta’til qancha vaqt davom etishi aytilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!