Gulnora Karimovaning qizi O‘zbekistonga qaytdi

Gulnora Karimovaning qizi O‘zbekistonga qaytdi

Xabaringiz bor, Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova joriy yilning 28 sentyabr kuni Londonga uchib ketgan edi. O‘zbekistondan ketishi sababini Imon o‘qish bilan bog‘lagandi. 

Bugun, 13 oktyabr kuni Imon Karimova ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali O‘zbekistonga qaytayotganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimovaning o‘g‘li Islom Karimov ham bir necha yillardan buyon Londonda yashab kelmoqda. U hatto bobosining janozasida ham ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelmadi. 2013 yilda Gulnora Karimovaning faoliyati ortidan boshlangan tergov jarayonlari uning farzandlarida ham hadik uyg‘otgan. 

Imonning ma’lum qilishicha, Gulnora Karimova o‘z uyida. Bosh prokuratura esa u jazoni belgilangan tartibda o‘tayotganini aytmoqda. 

Karimovlar oilasidan uch kishi ayni damda O‘zbekistonda yashamoqda. Bular - Tatyana Karimova, Gulnora Karimova va Imon Karimova. Lola Karimova turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan O‘zbekistonni tark etganiga ancha bo‘ldi.

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!