Gruziya AQSh bilan munosabatlarni tiklash niyatida
Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze uning mamlakati AQSh bilan munosabatlar va hamkorlikni yangilash va tiklashga tayyorligini bildirdi . Bu haqda hukumat rahbari X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozgan .
Uning so‘zlariga ko‘ra, u bu fikrni AQSh senatori Jan Shaxin va kongressmen Mayk Tyorner bilan uchrashuvda bildirgan . Kobaxidze, shuningdek, Tbilisi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash va mintaqada yanada kengroq taraqqiyot, farovonlik, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga hissa qo‘shish istagini qayd etdi.
Bundan oldin Shahin va Tyorner Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili va bosh vazir o‘rinbosari, mudofaa vaziri Irakliy Chikovani bilan gaplashgan edi .
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)