Gripp sabab bir haftada sakkiz kishi vafot etdi

Gripp sabab bir haftada sakkiz kishi vafot etdi

Gripp mavsumi boshlangandan buyon jami 19 kishi uning qurboniga aylandi.

Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘tgan haftada jami sakkiz kishi gripp fonidagi asoratlar sabab dunyodan ko‘z yumgani to‘g‘risida ma’lum qildi.

Hisobot haftasi uchun jami sakkiz nafar gripp bilan og‘rigan bemorning vaqoti ro‘yxatga olingan. Epidemik mavsumdan buyon jami 19 kishi (ulardan uchtasi 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar) ushbu ro‘yxatga tushdi. Vafot etganlarning birortasi emlanish muolajasini olmagan, deyiladi xabardi.

segodnya.ua


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!