GM Uzbekistan mijozlardan 22 mlrd. rubl qarz ekan!

GM Uzbekistan mijozlardan 22 mlrd. rubl qarz ekan!

Voronej viloyati arbitraj sudi GM Uzbekistan va "O‘zavtosanoat"ni sud qiladi. Bu haqda "Zed News" telegram kanali yozmoqda.

Ular "UzDEUavto Voronej" kompaniyasini bankrot qilishda ayblanmoqda. "UzDEUavto Voronej" mijozlardan 22 mlrd. rubl (taxminan 3 274 000 000 000 so‘m qarzdor ekani aytilmoqda.

Aniqlanishicha, O‘zbekiston tomoni mashinalarga buyurtma olganu, ammo tovarni yetkazib bermagan, natijada katta qarzdorlik paydo bo‘lgan. 2017 yilda qarzdor kompaniya bankrotga uchragan.

Endi esa qarzni qoplash uchun sudga ariza bergan. Sud 2020 yil 13 aprelda bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!