Gitlerni qochib ketishi haqida maxfiy hujjat oshkor qilindi

Gitlerni qochib ketishi haqida maxfiy hujjat oshkor qilindi

AQSh Federal qidiruv byurosi Gitlerni 1945 yilda Argentinaga qochib ketishi haqida maxfiy hujjatlarni oshkor qildi.

E’lon qilingan hujjatlarga ko‘ra, Gitler suv osti kemada Janubiy Amerikaga yetib borgan.
Argentinaning 6 nafar yuqori lavozimli shaxslari unga boshpana And shimoliy qismida rancho bergan.

Ta’kidlanishicha, ma’lumotlar FBR direktori Edgar Guverga yetib borgan. Ammo byuroning rahbariyati ularni to‘liqsiz deb hisoblab, Gitlerni bu ma’lumot asosida qidirishni davom ettirish mumkin emasligiga qaror qildi.

Birinchi bayonotning sanasi 1945 yil 21 sentyabr deb qayd etilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Adolf Gitler 1945 yil 30 aprel kuni o‘z joniga qasd qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!