Germaniyaliklar Merkelni mamlakat faxri deb e’tirof etishdi

Germaniyaliklar Merkelni mamlakat faxri deb e’tirof etishdi

Germaniyada nemislar kim bilan faxrlanishi borasida so‘rov o‘tkazildi. So‘rov natijalari Welt am Sonntag gazetasida e’lon qilindi.

Ma’lum qilinishicha, nemislar eng ko‘p Germaniyaning amaldagi kansleri Angela Merkel bilan faxrlanishadi. Unga so‘rovda qatnashganlarning 16%i ovoz bergan. 

Ikkinchi o‘rinda Germaniyaning sobiq kansleri Gelmut Shmidt joylashdi(11%). Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni ham sobiq kanslerlar — Villi Brandt va Gelmut Kol egalladi.

So‘rov natijalari mamlakat aholisi sportchi, yozuvchi va olimlardan ko‘ra siyosiy arboblari bilan faxrlanishini ko‘rsatdi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!