Germaniyada vodorod yonilg‘isida yuruvchi ilk poyezd sinovdan o‘tkazildi

Germaniyada vodorod yonilg‘isida yuruvchi ilk poyezd sinovdan o‘tkazildi

Germaniyada vodorod yonilg‘isida yuruvchi ilk poyezd sinovdan o‘tkazildi. DW nashrining ma’lum qilishicha, poyezd tomida vodorod yonilg‘ili sisterna va yonilg‘i elementi joylashtirilgan. U vodorod energiyasini atrof-muhitga ziyon yetkazmagan holda elektr tokiga aylantiradi.  

Poyezd 140 km/soat tezlikka erisha oladi.

Poyezd 17 sentyabrda standart yo‘nalishga chiqib, Bremerferd shahrini Kuksxafen, Bremerxafen va Bukstexud bilan bog‘laydi. 2021 yildan bunday 14 ta poyezd Bukstexude — Kuksxafen yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslar amalga oshirishi rejalashtirilmoqda.

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!