«Gashish» va «opiy» giyohvandlik moddalari aniqlandi

«Gashish» va «opiy» giyohvandlik moddalari aniqlandi


Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida yashovchi I.M 2021 yil 11 avgust kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumaniga mehmonga boradi. Maqsad esa mehmondorchilik bahona tanishi U.N. bilan uchrashib, 1047,2 gramm «gashish» hamda 4,8 gramm «opiy» giyohvandlik vositalarini oladi. Ushbu giyohvandlik vositalarini Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahriga olib borib, U.N. ga berishni ko‘zlagan I.M. yo‘lga chiqadi.

2021 yil 12 avgust kuni I.M. boshqaruvida bo‘lgan «Damas Van-2» rusumli avtomashinasida «Surxondaryo-Qashqadaryo» yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan vaqtida Chiroqchi tumanida joylashgan «Umakay» YPX maskanida to‘xtatildi.

M.I. boshqaruvidagi «Damas Van-2» rusumli avtomashina saloni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari solingan qoplar ustida turgan elektron tarozining ko‘rsatkich qismi(tablosi)da 5 dona oq rangli elim paket bo‘laklarga o‘ralgan, o‘tkir hidli giyohvandlik moddasi tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Haydovchi M.I.dan mazkur jinoyatga aloqador boshqa ashyolar bor-yo‘qligi so‘ralganda, o‘z ixtiyori bilan avtomashinaning rul’ qismi va old o‘rindig‘i tagidan o‘tkir hidli giyohvandlik moddasiga o‘xshash moddalarni olib taqdim etgan.

M.I.dan olingan «gashish» giyohvandlik vositasining og‘irligi 1047,2 grammni, «opiy» giyohvandlik vositasining og‘irligi esa 4,8 grammni tashkil etdi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!