G‘allaorolda erini pichoqlagan ayolga jazo tayinlandi

G‘allaorolda erini pichoqlagan ayolga jazo tayinlandi

Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida eriga pichoq bilan jarohat yetkazgan ayolga nisbatan sud hukmi o‘qildi, deb xabar berdi «Postda.uz».

Qayd etilishicha, ushbu jinoyat arzimas narsadan kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida sodir etilgan. Er xotinidan choy damlab berishni so‘ragan. Ayol esa eriga gap qaytarib, uning jahlini chiqargan. Erkak choy damlash uchun oshxonaga o‘zi yo‘l olgan. Shu paytda uning oldidan xotini chiqib qoladi, erkak jahl ustida uni itarib yuboradi. Ayol esa bunga javoban erining qorniga pichoq tiqib oladi.

1984 yilda tug‘ilgan erkak dastlab shifoxonada ayolini himoya qilish uchun jarohati sababini yashirishga urinadi, qoziq ustiga yiqilib tushganini aytadi. Lekin shifokorlar uning so‘zlariga ishonmaydi. Chunki erkakning qornidagi jarohat pichoq bilan yetkazilgani yaqqol ko‘rinib turgan edi.

Hammasi oshkor bo‘lgach, ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ish sudga oshgach, jinoyatchining ayolligi, uch nafar voyaga yetmagan farzandi borligi inobatga olinib, unga nisbatan 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!