G7 sammiti: Tramp Rossiyani taklif qilish niyatida

G7 sammiti: Tramp  Rossiyani taklif qilish niyatida

AQSh prezidenti Donald Tramp G7 sammitini iyundan sentyabrga qoldirishga qaror qilgani va unga Rossiyani taklif qilmoqchi ekanini ma’lum qildi. Bu haqda CNN telekanali xabar qildi.

“Men uni  qoldiryapman, chunki G7 dunyoda yuz berayotgan hodisalarni tegishli ravishda taqdim etayotganini his etmayapman. Bu juda eskirgan mamlakatlar guruhi”, - degan Tramp.

U sammitga yana to‘rt mamlakatni taklif etmoqchi ekanini qo‘shimcha qilgan: Rossiya, Avstraliya, Hindiston va Janubiy Koreyani.

O‘z navbatida, Oq uyning strategik kommunikasiyalar bo‘yicha direktori Alissa Farahning so‘zlariga ko‘ra, sammitning kengaytirilgan tarkibi Xitoy bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishga imkon beradi.

G7 sammitini 10-12 iyun kunlari o‘tkazish rejalashtirilgan edi. Keyinchalik iyun oxirida bo‘lib o‘tishi aytilgan edi. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!