Futbol bo‘yicha jahon chempionati finali chiptalari narxi ma’lum bo‘ldi
FIFA 19 iyulda AQShning Nyu-Jersi shtati, Ist-Raterford shahridagi MetLife stadionida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati finali uchun ikkinchi toifadagi qariyb 1 200 ta chiptani 7 380 AQSh dollaridan sotuvga chiqardi, deb xabar beradi ABC News.
FIFAning rasmiy saytida xarid qilish uchun ikkinchi toifadagi 1 178 ta chipta mavjud bo‘lgan. Ularning barchasi stadionning yuqori qavatida, maydonning yon chizig‘i bo‘ylab joylashgan beshta sektordan o‘rin olgan.
Shuningdek, quyi qavatda joylashgan birinchi toifadagi 68 ta chipta ham sotuvda qolgan bo‘lib, ularning narxi 19 995 AQSh dollaridan 32 970 AQSh dollarigacha bo‘lgan. Bundan tashqari, Trophy Lounge VIP hududi uchun chiptalarni 32 500 va 34 500 AQSh dollariga xarid qilish imkoniyati ham mavjud.
FIFAning rasmiy chiptalarni qayta sotish platformasida final uchrashuvi uchun chiptalar narxi 7 440 AQSh dollaridan boshlangan. Eng qimmat taklif esa 11 499 998 AQSh dollariga yetgan.
Ikkilamchi bozordan xarid qilingan final chiptalarini ham FIFA savdo platformasi orqali 7 440 AQSh dollaridan 11 499 998 AQSh dollarigacha bo‘lgan narxlarda sotib olish mumkin bo‘lgan.
