Fransiyada HAMASni moliyalashtirishda gumon qilingan besh kishi sudlanmoqda

Fransiyada HAMASni moliyalashtirishda gumon qilingan besh kishi sudlanmoqda

Fransiyada terrorchi tashkilot HAMASni gumanitar tashkilotlar orqali moliyalashtirishda gumon qilingan besh kishi sud oldida javob bermoqda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar mablag‘larni uchinchi tomonga o‘tkazgan. Taxminlarga ko‘ra, ushbu mablag‘lar keyinchalik HAMAS uchun yig‘ilgan.

Gumonlanuvchilar seshanba kuni qo‘lga olingan, juma kuni esa ularga nisbatan terrorchi tashkilotni moliyalashtirish, ishonchni suiiste’mol qilish va pul yuvish bo‘yicha sud tergovi boshlangan.

Besh gumonlanuvchidan uch nafari sud nazorati ostida qoldirilgan. Himoya tomoni esa ular mablag‘ yig‘ishda «faqat gumanitar maqsadlarda» ishtirok etganini ta’kidlagan.

Fransiya prokuraturasi hozircha o‘tkazilgan mablag‘larning aniq miqdorini oshkor qilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

"Oltin to‘p" uchun favorit o‘zgardi

"Олтин тўп" фаворити ўзгарди - бу энди Кейн эмас.

Ronaldu yoki Jezush? Portugaliyaliklar tanlovini qildi

Pitagórica компанияси Португалия аҳолиси ўртасида Криштиану Роналдуни мамлакат тÐ