Fransiyada falokat: butun boshli oila halok bo‘ldi

Fransiyada falokat: butun boshli oila halok bo‘ldi

Belgiyadagi qarindoshlarini ziyorat qilish uchun otlangan uch kishilik oila 12 iyun, shanba kuni Fransiyada halokatga uchragan yengil motorli Robin HR100 samolyoti qulashi natijasida halok bo‘ldi.

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, samolyot Bondu aerodromidan havoga ko‘tarilgandan so‘ng, mamlakatning shimoliy qismida joylashgan O-de-Frens hududida to‘xtab qolgan.

Guvohlarning aytishicha, samolyot yerga qulab tushgan va portlagan.

Mutaxassislar favqulodda vaziyat sabablarini aniqlashmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!