Fransiyada COVIDning yettinchi to‘lqini avjiga chiqmoqda

Fransiyada COVIDning yettinchi to‘lqini avjiga chiqmoqda

Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining yangi rahbari Fransua Bron bayonot berdi.

"So‘nggi kunlarda yettinchi epidemiologik to‘lqin kuchaymoqda va har kuni taxminan 120 ming kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Bugun kechqurun esa ushbu ko‘rsatkich 200 mingdan oshdi", – dedi vazir Fransiya milliy majlisi (parlamentning quyi palatasi) yig‘ilishida so‘zga chiqib.

Pandemiya boshlangandan buyon Fransiyada jami 30 million kishi koronavirus xastaligini boshdan kechirdi.

Avvalroq JSST koronavirusning "omikron" varianti bo‘yicha ikkita yangi shtamm – BA.4 i BA.5 aniqlangani haqida xabar bergandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!