Fransiyada avtobusda namoz o‘qigan haydovchi sudlandi

Fransiyada avtobusda namoz o‘qigan haydovchi sudlandi

Parijdagi Sharl-de-Goll aeroportida uzoq yillar Air France kompaniyasi xodimlari uchun avtobus haydovchisi bo‘lib ishlagan musulmon kishi avtobusda namoz o‘qigani uchun sudlanyapti.

Haydovchi sud tugagunga qadar o‘z ismidan emas, balki Anis ismidan foydalanadi, uning jurnalistlar bilan suhbatlashishi taqiqlangan. Sudning yakuniy qarori 25 martda chiqadi.

Jabrlanuvchining advokati Sefen Gez Gez “Anadolu” agentligiga bergan intervyusida hodisa 2017 yilning 24 yanvarida sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Haydovchi avtobusda hech kim yo‘qligidan foydalanib namoz o‘qimoqchi bo‘lgan. Biroq u ibodat qilayotgan paytda Air France xodimlari kelib qolgan va avtobusning eshiklari yopiq bo‘lgani sababli tashqarida biroz kutishiga to‘g‘ri kelgan. Ulardan biri polisiyaga shikoyat qilgan.

Gez Gezning ta’kidlashicha, hodisadan to‘rt yil o‘tgandan keyingina – 2020 yilning 27 oktyabrida polisiya Anisning aeroport hududidiga kirishini taqiqlab qo‘ydi. Xuddi shu paytda o‘qituvchi Samuel Patining o‘ldirilishi ortidan fransuz jamiyatida musulmonlar nishonga aylangan edi.

Anisning aeroport hududida kirishining taqiqlanishiga sabab sifatida esa “ish vaqtida namoz o‘qish radikalizm belgisi” ekanligi aytilgan.

“Polisiya boshlig‘i musulmonlar har kuni o‘qiydigan namozni jamoat xavfsizligi uchun tahdid sifatida ko‘rmoqda. U islom va namozni terrorchilik bilan bog‘layapti. Bu islomofobiyadan boshqa narsa emas”, – deydi advokat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!