Fransiya Turkiyaga qurol sotishni to‘xtatdi

Fransiya Turkiyaga qurol sotishni to‘xtatdi

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi Parijning Suriya shimolidagi jangovar harakatlar paytida ishlatilishi mumkin bo‘lgan qurollarni Turkiyaga yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorini e’lon qildi.

“Bu qaror zudlik bilan kuchga kiradi”, deyiladi Fransiya tashqi ishlar vazirligi  tarqatgan bayonotida.

Ilgari shunga o‘xshash cheklovlar Germaniya va Gollandiya tomonidan ham joriy qilingan edi. Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari kelgusi hafta Turkiyada amalga oshiriladigan operasiyalarning oqibatlarini muhokama qilishlari kutilmoqda.

Turkiya hozirda Suriyaning shimoli-sharqida kurd kuchlariga qarshi harbiy operasiya o‘tkazmoqda. Yevropa davlatlari Anqarani harbiy harakatlarini to‘xtatishga chaqirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!