Fransiya prezidenti: "Mbappe "PSJ"da qolishga o‘zi qaror qildi"

Fransiya prezidenti: "Mbappe "PSJ"da qolishga o‘zi qaror qildi"

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron hujumchi Kilian Mbappening "PSJ"da qolish qarorini qo‘llab-quvvatladi.

23 yoshli fransiyalik futbolchi "Real"ning taklifini rad etdi va Parij klubi bilan shartnomasini uzaytirdi.

"Men Mbappe bilan gaplashishga muvaffaq bo‘ldim, lekin uning o‘zi "PSJ"da qolishga qaror qildi", - deya Makronning so‘zlarini keltiradi RMC Sport. — Kilian juda yetuk ekanligini ko‘rsatdi. U o‘z karyerasini qurishga mas’uliyat bilan yondashadi”.

O‘tgan mavsumda Mbappe parijliklar safida barcha musobaqalarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 39 ta gol urdi va 26 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!