Fransiya iqtisodiyoti 2020 yilda 8,2 foizga pasaygan

Fransiya iqtisodiyoti 2020 yilda 8,2 foizga pasaygan

Fransiya iqtisodiyoti 2020 yilda 8,2 foizga pasaydi. Bu haqda mamlakat Milliy statistika va iqtisodiy tadqiqotlar instituti ma’lumotlariga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi.

Shuningdek, 2020 yilning to‘rtinchi choragida mamlakat yalpi ichki mahsuloti 1,4 foizga pasaygan.

Qayd etilishicha, 2020 yilda Fransiya iqtisodiyotining faollik darajasi 2019 yilning mos davriga nisbatan 4,9 foizlik tafovut bilan yilni yakunlagan. 2021 yil fevral oyida mamlakatda iste’mol narxlarining o‘sishi yanvar oyiga nisbatan sekinlashib, 0,6 foizga 0,4 foiz nisbatni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil yakunlariga ko‘ra AQSh iqtisodiyoti 3,5 foizga pasaygan, bu Ikkinchi jahon urushi davridan buyon qayd etilgan eng yomon natija. Bungacha eng yomon ko‘rsatkich 2008 yilda YAIM (yalpi ichki mahsulot)ning 2,5 foizga pasayishi bo‘lgan edi.

Avvalroq koronavirus pandemiyasiga qaramay, 2020 yilda global mudofaa xarajatlari 3,9 foizga o‘sgani haqida xabar qilingandi. «2020 yilda global mudofaa xarajatlari 1,83 trillion dollarga yetdi va yillik o‘sish 3,9 foizni tashkil etdi», — deyiladi xabarda. Dunyodagi barcha harbiy xarajatlarning aksariyati Qo‘shma Shtatlarga to‘g‘ri keladi — 40 foiz yoki 738 milliard dollar. Shuningdek, 2020 yilda Yevropada ham mudofaa xarajatlari 2 foizga o‘sgan. Rossiyada mazkur xarajatlar 2020 yilda 3,8 foizga oshgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!