Fransiya AQSh va Avstraliyadagi elchilarini chaqirib oladi

Fransiya AQSh va Avstraliyadagi elchilarini chaqirib oladi

Parij mamlakat tarixida ilk bor AQSh va Avstraliyadagi elchilarini maslahatlashuv uchun chaqirib oladi.
“REGNUM” xabariga ko‘ra, tashqi ishlar mahkamasi rahbari Jan-Iv Le Drianning o‘z bayonotida prezident Emmanuel Makron shunday qarorga kelgani aytgan.

Ta’kidlash joizki, bu yerda gap AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliyaning anglosaks harbiy alyansini tuzgani haqida boradi.

Avstraliklarning fransuz suv osti kemalari xaridini rad qilib, AQSh bilan yadroviy qurilmali suv osti kemalar qurilishi bo‘yicha bitim tuzganini ayta turib, Le Drian: “Bu ittifoqchi va hamkorning ishi emas, shuningdek, alyans konsepsiyasi, hamkorlik va Hind-tinch okeani bo‘yicha ahamiyat nuqtai nazaridan ham qabul qilib bo‘lmas holat”, deb ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!