Favvorasimon noodatiy qora tuynuk aniqlandi

Favvorasimon noodatiy qora tuynuk aniqlandi

Olimlar favvorani eslatuvchi o‘ta og‘ir qora tuynukni aniqladi. U Abell 2597 galaktikalar to‘plami tarkibiga kiruvchi galaktika markazida joylashgan. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.

Qora tuynuk chiqarib yuboriladigan va qayta yutiladigan molekulyar gazdan iborat yopiq siklni yuzaga keltiradi. Shuning hisobidan uning tashqi ko‘rinishi favvorani eslatadi.

U Yerdan milliard yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan. Ishlab chiqariladigan plazmalar esa 30 ming yorug‘iik yili uzoqlikka tarqaladi.

Material chiqarib yuborilganidan keyin ipsimon tumanlikka qayta yutiladi. Tumanlik akkresion diskni oziqlantiradi va uning diametri 100 ming yorug‘lik yiliga yetadi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!