Farg‘onalik ayol va uning farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

Farg‘onalik ayol va uning farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

Turkiya Respublikasining Istanbul, Rossiya Federasiyasining Navosibirsk va Qozon shaharlarida ishlash maqsadida borib, pandemiya sharoitida moliyaviy qiyin ahvolda qolgan farg‘onalik N.P, G.K va ularning farzandlari, shuningdek, ishsiz hamda boshpanasiz qolgan X.G‘ 11-12 may kunlari Vatanga qaytarildi.

Mazkur fuqarolarning muammolari Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi chora-tadbirlari va Xalqaro migrasiya tashkilotining moliyaviy ko‘magida ijobiy hal etildi.

Xorijda qiyin ahvolda qolgan yurtdoshlarimizni Toshkent xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va Xalqaro migrasiya tashkiloti mas’ul xodimlari kutib oldi va ular yashash manziliga kuzatildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!