Farg‘onada "Avtomashina olaman" degan 73 nafar fuqaro chuv tushdi. Nega?

Farg‘onada "Avtomashina olaman" degan 73 nafar fuqaro chuv tushdi. Nega?

Farg‘onada yangi avtomashina olib berishni va’da qilib, ko‘plab fuqarolarni “chuv” tushirgan shaxs ustidan sud jarayoni bo‘lib o‘tmoqda, deb yozmoqda O‘zA.

Dastlabki tergov organi tomonidan “Farg‘ona avtosavdo” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ombor mudiri vazifasida ishlagan I.Telyabayev O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan turli rusumlardagi avtomashinalarni navbatsiz va tez fursatda olib berishni va’da qilib, 2017 yilning iyul oyidan 2018 yilning may oyiga qadar jami 73 nafar fuqarolarni aldab, ularning juda ko‘p miqdordagi 9 milliard 374 million so‘mdan ortiq pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborganlikda ayblangan.

Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha So‘x tuman sudi tomonidan jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudining binosida, ochiq sud majlisida, firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanayotgan I.Telyabayevga oid jinoyat ishi muhokamasi boshlandi.

Hozirda ochiq sud majlisida sudlanuvchi va jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlari tinglanmoqda va kelgusida jinoyat ishini sudda ko‘rilishi natijasi yuzasidan ma’lumot berib boriladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!