Falastinning tan olinishi Kolumbiyada tanqidlarga sabab bo‘ldi

Falastinning tan olinishi Kolumbiyada tanqidlarga sabab bo‘ldi

Kolumbiya senati raisi Ernesto Masias avvalgi hukumatning Falastinni mustaqil davlat deb tan olish haqidagi qarorini yangi hukumatga uyushtirilgan suiqasd deb atadi. Bu haqda “Novosti” agentligi xabar bermoqda.

Kolumbiya Tashqi ishlar vaziri Karlos Olmes Truxilyo esa yangi hukumat ushbu qarorni tahlil qilishini bildirdi.

Falastinni mustaqil davlat deb tan olish qarori o‘tgan hafta – prezident Xuan Manuel Santos paytida qabul qilgan, biroq uning vakolati 7 avgust kuni nihoyasiga yetdi va prezident kursisiga Ivan Duke o‘tirdi.

Isroil tomoni Kolumbiyaning yangi hukumatidan bu qarorni bekor qilishni so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, hozirga qadar dunyoning bir yuz qirqqa yaqin davlati Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olgan.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!