Eronga qarshi AQSh sanksiyalari kuchga kirdi

Eronga qarshi AQSh sanksiyalari kuchga kirdi

5 noyabr kuni rasmiy Vashington rasmiy Tehronga nisbatan “Hamkorlikdagi umumiy harakatlar rejasi” yadro dasturi qabul qilingunga qadar amalda bo‘lgan sanksilarni kuchga kiritdi. Bu cheklovlar asosan neft eksportiga taalluqli.
 
AQSh prezidenti Donald Tramp mazkur sanksiyalar rasmiy Vashington rasmiy Tehronga qarshi joriy qilgan eng jiddiy cheklovlar ekanini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “sanksiyalar allaqachon Eron iqtisodiga vayronkorlik keltira boshlagan”, milliy valyuta yil davomida 70 foiz qadrsizlangan bo‘lsa, oktyabr oyida inflyasiya 37 foizni tashkil qilgan. iqtisodiyotda tushkunlik boshlangan.
 
AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo sanksiyalar ro‘yxatiga 600 dan ortiq alohida shaxslar va kompaniyalar kiritilganini ma’lum qilgan. Eron bilan biznes qilishda davom etuvchilar AQShning ikkinchi darajali cheklovlariga duchor bo‘ladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “cheklovlar Eron tuzumi xulqiga ta’sir qilishi kerak.”
 
Eron hukmron doiralari zudlik bilan yangi sanksiyalarga tepki berdi. Prezident Hasan Rouhani mamlakat neft sotishda davom etishini va AQSHNni pushaymon bo‘lishga majbur qilishini ta’kidladi.
 
O‘z navbatida Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Humayniy AQSh sanksiyalar orqali mamlakatning iqtisodiy o‘sishini “falajlantirmoqchi” bo‘lib, Eronni yanada mustahkam bo‘lishiga sababchi bo‘lganini qayd etib o‘tdi.

Manba: qalampir. com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!