Eron o‘z qurollarini kriptovalyutaga sotishni taklif qilmoqda
Eron xorijiy hukumatlarga G‘arb moliyaviy cheklovlarini chetlab o‘tish uchun raqamli aktivlardan foydalanishga intilib, kriptovalyuta evaziga ilg‘or qurol tizimlari, jumladan ballistik raketalar, uchuvchisiz samolyotlar va harbiy kemalarni sotib olish imkoniyatini taklif qilmoqda.
Bu haqda The Financial Times gazetasi maqolasida ma’lum qilingan.
Qayd etilishicha, Eron Mudofaa vazirligining Mindex nomi bilan tanilgan Eksport operasiyalari markazi raqamli valyutalarda to‘lovni nazarda tutuvchi harbiy shartnomalar, shuningdek, barter bitimlari va Eron riallarini muhokama qilishga tayyorligini bildirgan. Nashr tahlil qilgan reklama materiallari va to‘lov shartlari shundan dalolat beradi.
O‘tgan yil davomida paydo bo‘lgan taklif davlatning strategik harbiy texnika eksporti uchun to‘lov sifatida kriptovalyutani qabul qilishga tayyorligini ochiq e’lon qilgan birinchi misollardan biri bo‘lib ko‘rinadi.
Mindex, Eronning tashqi mudofaa savdosi uchun mas’ul hukumat organi 35 davlat bilan hamkorlik qilishini da’vo qiladi va Emad ballistik raketalari, Shahed dronlari, Shahed Soleimani sinfidagi harbiy kemalar va qisqa masofali havo hujumidan mudofaa tizimlarini o‘z ichiga olgan qurollar katalogini taqdim etadi.
