Eron Trampning kallasi uchun 80 mln dollar va’da qildi

Eron Trampning kallasi uchun 80 mln dollar va’da qildi

Buyuk Britaniyadagi "Mirror" nashrining yozishicha, Eron davlat televideniyesi mamlakatning har bir fuqarosidan bir dollardan yig‘ishni taklif qildi. Bu mablag‘ AQSh prezidenti Donald Trampning boshini olgan odamga mukofot tariqasida beriladi. Ushbu e’lon yaqinda Pentagon hujumi natijasida o‘ldirilgan eronlik general Qosim Sulaymonini dafn qilish marosimi vaqtida e’lon qilindi.

Dafn qilish marosimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri e’lon qilingan bir paytda telejurnalist Eronda yashaydigan 80 mln odamning har biri Trampning  kallasi uchun bir dollardan berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Demakki, Eron tomoni Trampni o‘ldirgan odamga 80 mln yevro mukofot bermoqchi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!