Eron mintaqadagi AQSh bazalariga zarbalar berganini bildirdi

Eron mintaqadagi AQSh bazalariga zarbalar berganini bildirdi

Eron armiyasi va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (KSIR) Bahrayn, BAA, Iroq va Iordaniyadagi AQSh harbiy ob’ektlariga raketa va dronlar orqali qator hujumlar uyushtirilganini ma’lum qildi. Tehron bu zarbalarni AQShning Eronga qarshi hujumlariga javob deb atadi.

Eron armiyasi matbuot xizmatiga ko‘ra, «Saika» operasiyasining 30-bosqichi doirasida o‘nlab portlovchi dronlar BAAdagi «Al-Dafra» va «Al-Minhad» aviabazalaridagi radar tizimlari hamda Amerika qo‘shinlari joylashgan hududlarga hujum qilgan.

Shuningdek, Bahrayndagi «Shayx Iso» aviabazasida AQSh kuchlari foydalanadigan radar qurilmalari va boshqa ob’ektlar «Arash» dronlari orqali nishonga olingani aytildi.

KSIR Iroq shimolidagi Erbil shahrida joylashgan Amerika ob’ektlariga ham raketa va dronlar bilan zarba berilganini bildirdi. Tehron tomoni texnik xizmat ko‘rsatish markazlari va jihozlar omborlari yo‘q qilinganini, shuningdek, razvedka aerostatining yo‘naltirish tizimi zararlanganini va yoqilg‘i omborlarida yong‘in chiqqanini da’vo qilmoqda.

Eron harbiylari bir nechta amerikalik harbiy halok bo‘lganini ham bildirdi. Biroq AQSh tomoni bu ma’lumotni tasdiqlamagan.

Bundan tashqari, KSIR Iordaniyadagi «Lager Titin» dengiz piyodalari bazasiga raketa zarbasi berilganini ma’lum qildi. Eron tomoni ushbu hujumni AQShning Hormozgon viloyatidagi Sirik shahrida turar joy binosiga bergan zarbasiga javob sifatida izohladi.

KSIR, shuningdek, Iordaniyadagi shahzoda Hasan aviabazasida RQ-4 va MQ-9 dronlari joylashtirilgan angarlarga ommaviy raketa zarbalari berilganini bildirdi. Tehron bir nechta dron yo‘q qilingani va amerikalik harbiylar halok bo‘lganini da’vo qilmoqda.

Hujumlar AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Eron hududidagi KSIR ob’ektlariga zarbalar boshlanganini e’lon qilganidan keyin sodir bo‘ldi. Shundan so‘ng Eron OAVlari Keshm oroli, Bandar-Abbos, Sirik, Chobahor va Konarak shaharlarida portlashlar sodir bo‘lganini xabar qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

Dunyo xaritasi 500 yil ichida ilk bor yangilandi