Erkak sevgilisini tiriklayin yoqib yubormoqchi bo‘ldi

Erkak sevgilisini tiriklayin yoqib yubormoqchi bo‘ldi

Voqea sodir bo‘lganidan keyin tajovuzkor hodisa joyidan qochishga urinib ko‘rdi, ammo hibsga olindi.

45 yoshli Izumrud qishlog‘ining fuqarosi janjal sababli sevgilisining ustiga benzin sepgan va uni yoqib yubormoqchi bo‘lgan. Bu haqda Krasnoyar o‘lkasining polisiya boshqarmasi tomonidan xabar qilingan.

Tergovdan so‘ng aniqlanishicha, bu kishi o‘zaro munosabatlarni aniqlashtirish maqsadida uyida janjal ko‘targan. Tortishuv davomida u sevgilisini tiriklayin yoqib yubormoqchi bo‘lgan. Fojia natijasida ayol tanasining 80 foizi kuygan holda kasalxonaga yotqizilgan. Hozirda uning holati juda og‘ir deb baholanmoqda.

Huquqbuzar jinoyat sodir etilgan joydan qochishga urinib ko‘rgan paytida qo‘lga olinib, qotillikka urinish haqidagi modda asosida unga qarshi jinoiy ish ochildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!