Erdo‘g‘on “Islom davlati” nima uchun yaratilganini aytdi

Erdo‘g‘on “Islom davlati” nima uchun yaratilganini aytdi

Turkiya yetakchisi Toyib Erdo‘g‘on “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi dunyoni qo‘rqitish maqsadida yaratilgan loyiha ekanligini ma’lum qildi, deb xabar qildi RIA Novosti.

“Faqat Turkiyani maydonga kelishi bilan “Islom davlati” – dunyoni qo‘rqitish maqsadida yaratilgan loyiha ekanligi ma’lum bo‘ldi. Biz bu uyushmani vayron qildik, o‘zini “ID” raqiblari deb aytganlar esa u bilan umuman hech qanday kurash olib borishmagan. Suriyada “ID” yo‘q, faqat kichik jinoiy guruhlar bor, ular “ID” niqobi ostida yashirinadi. Agar bir birlashsak, yaqin oylarda bu qoldiqlarni yo‘q qila olamiz”, - dedi Erdo‘g‘on partamentda yetakchi bo‘lgan adolat va rivojlanish partiyasi oldida nutq so‘zlagan chog‘ida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning IDga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlagan Suriya kurdlari  mudofaa kuchlarining yagona maqsadi – bu Turkiya.

Suriyada jangovar mojaro 2011 yildan davom etib kelmoqda. 2017 yil yakunida ID ustidan g‘alaba qozonilganligi e’lon qilingan. Suriyaning alohida tumanlarida jangarilaridan tozalash ishlari olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda birinchi navbatga vaziyatni siyosiy yo‘l bilan hal qilish, Suriyani tiklash, qochoqlarni qaytarish masalasi chiqmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!